
Messi va Maradonani solishtirmang!
Argentina terma jamoasi va "Inter" klubining sobiq futbolchisi Xaver Zanetti Lionel Messini Diego Maradona bilan solishtirayotganlardan g‘azablandi.
Zanettining fikricha, Messining o‘ziga xos o‘yin uslubi bor va u g‘alaba sari o‘zgacha yo‘ldan ketmoqda. "Dunyoda ko‘pchilik Messi Maradona kabi chempionlikka erishadi, demoqda.
Ammo unday emas. Messi o‘z uslubini, futbolini ko‘rsatmoqda. Uning finalgacha bosib o‘tgan yo‘li Diegonikidan tubdan farq qiladi. Leo deyarli har bir bahs mas’uliyatini o‘z zimmasiga oldi va buning uchun munosib taqdirlanish arafasida.
U Maradona bilan teng darajada. Agar u finalda mag‘lub bo‘lsa ham, bu fikrim o‘zgarmaydi", - dedi Zanetti.
Fikrlar