
Messi van Galni tanqid qildi
Lionel Messi Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyini tanqid qildi.
JCh-2022 chorak finali doirasida Argentina Niderlandiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etdi (2:2, 4:3).
"Maydonda bo‘lib o‘tgan juda ko‘p tafsilotlarni tushunib turibsiz. Lui van Gal har doim jamoasining yaxshi futbol namoyish etishini gapiradi. Maydonda esa uning shogirdlari to‘pni baland bo‘yli futbolchilarga uzatishni boshlaydi", - dedi Argentina terma jamoasi sardori.
Qayd etish lozim, ushbu o‘yin so‘nggida Leo hamda van Gal o‘rtasida tortishuv ham yuzaga keldi.
Fikrlar