Messi "Xetafe"ga qarshi uchrashuvda ishtirok etolmasligi mumkin

"Barselona" xujumchisi Lionel Messi La Liganing 7-turi doirasida "Xetafe"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqida Sport.es nashri xabar bermoqda.

Bugun argentiniyalik futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, bunga sabab "Vilyarreal"ga qarshi uchrashuvda Leoning chap sonida noqulaylik sezgani bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Messi mavsum boshida ham bir necha o‘yinlarda ishtirok etolmadi. Ohirgi ikki bahsda esa ikkinchi bo‘limda maydonga tushgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!