Messi xursand
Frantsiyaning amaldagi chempioni to‘qqizinchi tur uchrashuvida “Nitstsa”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Bellashuvda hisobni Lionel Messi 29-daqiqada jarima nuqtasidan berilgan aniq zarba bilan ochdi. Bu argentinalik yulduzning faoliyati davomida standart vaziyatdan urgan 60-goli sifatida qayd etildi.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Messi braziliyalik darvozabon Rojerio Senidan o‘zib ketdi. Seni golkiper bo‘lishiga qaramay, jarima zarbalaridan 59 ta to‘p kiritgan edi.
Ayni paytda Messi sobiq ustozi Ronald Kuman bilan bir xil ko‘rsatkichga ega.
Futbol tarixida jarima nuqtasidan eng ko‘p to‘p kiritgan o‘yinchi braziliyalik Junino Pernambukano hisoblanadi. Uning standart vaziyatdan yo‘llagan 77 ta zarbasi darvoza to‘ridan joy olgan.
Keyingi o‘rinlarda Pele (70 ta gol), argentinalik Viktor Legrotale va Ronaldino (66 tadan gol), Devid Bekxem (65 ta gol), Diego Maradona va Ziko (62 tadan gol) bormoqda.
Fikrlar