
Messi yana bir rekord o‘rnatdi
Xabaringiz bor kecha “Valensiya” Ispaniya kubogi finalida “Barselona”ni 2:1 hisobida engdi va bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Shu kuni kataloniyaliklarning yagona javob goliga Lionel Messi mualliflik qildi. E’tiborlisi, 31 yoshli argentinalik futbolchi shu tariqa Ispaniya kubogi finallarida gol urish bo‘yicha rekordchiga aylanib oldi. Messi shu kungacha mamlakat kubogi finalida 7 marta ishtirok etgan va ularda raqib darvozasini 6 marta ishg‘ol etgan.
Fikrlar