Messi yil sportchisiga aylandi
Lionel Messi "BBC Sports" tomonidan 2022 yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi. Argentinalik forvardga endi "BBC Sports Personality’s World Sport Star" mukofoti topshiriladi.
Ushbu sovrin yil davomida jahon bo‘ylab eng muhim natijalarga erishgan sportchini e’tirof etadi. Messi Argentina terma jamoasi bilan JCh-2022da g‘olib chiqdi va turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
2021 yilda "BBC Sports" sovrini irlandiyalik Reychel Blekmorga topshirilgan edi. U 182 yillik poygalar tarixida "Grand National" musobaqasida g‘olib chiqqan birinchi ayol sportchi bo‘lgan.
Fikrlar