
Messidan raqibga tahdid: Men bor ekanman sen terma jamoada o‘ynamaysan!
Lionel Messi o‘ynayotgan “Inter Mayami” Ligalar kubogi musobaqasi figalida “Sietl Saunders” jamoasidan 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, bosh sovrindan quruq qolgan edi.
Uchrashuvdan keyin floridaliklarning mashhur yulduzlari Luis Suares va Serxio Buskets g‘olib jamoa vakillari bilan janjallashdi. Garchi Messi bu vaziyatdan uzoqroq turgan bo‘lsa-da, ziddiyatni o‘zini ko‘rsatgani oshkor bo‘ldi.
MLS klublarida faoliyat yuritgan sobiq futbolchi Alan Gordor Major League Journeyman podkastida Ligalar kubogi finalida Messi raqib jamoa tarkibida o‘ynagan hamyurti Pedro de la Vega bilan tortishganini ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, sakkiz karra “Oltin to‘p “ sohibi o‘zi bilan tortishgan Pedroga “Men bor ekanman, sen Argentina terma jamoasida o‘ynamaysan!”, deb tahdid qilgan.
Bir paytlar “Barsa”da o‘ynab katta hurmat qozongan Luis Suares mag‘lubiyatga chiday olmay, “Sietl” klubi xodimga tupirdi, Serxio Buskets esa raqib o‘yinchilaridan birini urdi.
Fikrlar