Messiga 1,4 milliard evrolik shartnoma taklif qilingan, biroq...
Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubi xo‘jayini Anmar Al-Xayli Messiga qanday shartnoma taklif qilgani haqida gapirdi.
"Men Messi bilan, PSJdagi shartnomasi yakuniga yetganida bog‘langan edim. Unga yiliga 1,4 milliard evrolik shartnoma taklif qildim, biroq u buni rad etdi. Sababi oilasi bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarini afzal ko‘rdi. Men buni hurmat qilaman. Agar "Al-Ittihod"da o‘ynashni istasa bajonidil uni jamoamga taklif qilaman. Unga shunday shartnoma taklif qilamanki, u istaganicha, hatto umrboq maosh olishi mumkin bo‘ladi. Men Messini bizning jamoada bo‘lishini istayman, shunda mening jamoamda dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘ladi", - dedi klub egasi.
Ma’lumot uchun, Messi PSJ bilan xayrlashgach "Inter Mayami"da o‘ynashni afzal ko‘rgan edi.



Fikrlar