Messini “Barsa”da olib qoladigan odam topildi

  • 15 noyabr, 2020, 17:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Mashhur tennischi Rafael Nadalning amakasi – futbol murabbiyi Toni Nadal “Basrelona” etakchisi Lionel Messini klubda qolishga ko‘ndirishga harakat qilishini aytdi.

Avvalroq, Toni Nadal “Barselona” prezidentligi uchun saylovda Viktor Font nomzodini qo‘llashi xabar qilingan edi. Agar Font g‘olib chiqsa, Toni “Barselona”dan ish olishi mumkin bo‘ladi.

- Tarixdagi eng zo‘r futbolchi biz bilan birga bo‘lishni istamayotgani juda yomon xabarligini bilaman. Uning klubdan ketishi men uchun juda og‘ir. Biz Messini qolishga ko‘ndirishga urinib ko‘ramiz. Agar Viktor saylovda g‘olib chiqsa, Leoni olib qolish uchun bor imkoniyatni ishga solamiz. Menga uni ko‘ndirishga imkon berishlarini istayman. Messi biz bilan ajoyib loyihani amalga oshirish, kamida bir marta Chempionlar ligasi va “Oltin to‘p” g‘olibi bo‘lishi kerak, - dedi Ton Nadal.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!