
Messini "Barselona"dan ketishiga kim sababchi ekani ma’lum bo‘ldi
El País nashri xabariga ko‘ra, argentinalik hujumchi Lionel Messining "Barselona"ni tark etishi haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
"Barselona" himoyachisi Jerar Pike klub moliyaviy feyr-pley qoidasini buzmasligi uchun prezidenti Joan Laportaga Messi bilan shartnomani uzaytirmaslikni maslahat bergan. Aynan shu sabab Pike va Messi o‘rtasidagi munosabatlar buzilgan.
Natijada 34 yoshli Messi «Barselona»ni erkin agent sifatida tark etdi va PSJga o‘tdi.
Fikrlar