
“Messini deb zo‘r taklifdan voz kechganman!”
“Yuventus”dan “Barselona” tarkibiga ko‘chib o‘tgan Miralem Pyanich yangi jamoasidagi voqealarga o‘z munosabatini bildirdi.
- Men “Barselona”ga Messi bilan birga to‘p surish kelgandim. Leo bilan birga o‘ynash uchun PSJning zo‘r taklifini rad etganman, - dedi bosniyalik pleymeyker.
Ayni paytda Messining kataloniyaliklar safidagi taqdiriga oydinlik kiritilishi lozim. Futbolchining o‘zi klubni tark etmoqchi. “Barsa” prezidenti Jozep Bartomeu esa bunga yo‘l qo‘ymoqchi emas.
Fikrlar