
Messini kechirim so‘rashga majburlagan "zam ministr" ishdan ketdi
Argentina prezidenti Xaver Miley terma jamoa sardori Lionel Messini Frantsiyaga qarshi qaratilgan irqchilikka qarshi qo‘shiqlar uchun kechirim so‘rashga chaqirgan mamlakat sport vaziri o‘rinbosari Xulio Garroni ishdan bo‘shatdi.
“Prezident devonining aytishicha, hech bir hukumat Argentina terma jamoasi, jahon chempioni va ikki karra Amerika chempioni yoki boshqa har qanday fuqaro uchun nimani izohlash, nima o‘ylash va nima qilish kerakligiga majburlay olmaydi. Shu sababdan Xulio Garro Argentina sport vaziri o‘rinbosari lavozimini tark etadi”, — deyiladi rasmiy bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, irqchilikka qaratilgan qo‘shiq Argentina terma jamoasi futbolchilari tomonidan Amerika kubogi finalida (1:0) Kolumbiya ustidan qozongan g‘alabadan so‘ng ijro etildi. Argentinalik futbolchi Enso Fernandes kubokni qo‘lga kiritganini nishonlar ekan, ijtimoiy tarmoqda jonli efirni boshladi va jamoadoshlari bilan birga: “Ular Frantsiya terma jamoasida o‘ynashadi, lekin barchasi Angoladan” - deb kuylashdi.
Fikrlar