Messining 2026 yildagi maoshi oshkor bo‘ldi
“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi joriy mavsumda MLSning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi hisoblanadi. Bu ma’lumot mlsplayers.org sayti tomonidan e’lon qilingan hisobotda keltirilgan.
Argentinalik futbolchining 2026 yildgi mavsum uchun maoshi 28,3 million dollarni tashkil etadi. Reytingning ikkinchi pog‘onasidan Son Hyun Min (“Los-Anjeles”) joy olgan bo‘lib, uning maoshi 11,1 million dollar.
Ro‘yxatning kuchli uchligini Rodrigo De Paul (“Inter Mayami”) yakunlab berdi, U joriy mavsum uchun 9,7 million dollar miqdorida maosh oladi.
Tomas Myullernig “Vankuver Uaytkeps”dagi bir mavsumlik maoshi taxminan 5,2 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, Aleksey Miranchuk “Atlanta Yunayted”dan qariyb 5,1 million dollar olyapti.
Messi 2023 yildan buyon “Inter Mayami” safida to‘p surmoqda. U ushbu klub bilan MLS muntazam chempionati va pley-offida g‘olib chiqqan, shuningdek, Ligalar kubogini qo‘lga kiritgan. Argentinalik futbolchining Florida jamoasi bilan mehnat shartnomasi 2028 yil oxirigacha amal qiladi.

Fikrlar