Messining aybi - bask bo‘lmagani
Bilbaoning “Atletik” klubi forvardi Inyaki Uilyams qaysi futbolchini o‘z jamoasida ko‘rishni xohlashi haqidagi savolga javob berdi.
“Agar Messini baskga aylantirish imkoni bo‘lganida, biz uni jamoamizda ko‘rishdan baxtiyor bo‘lar edik. U jamoamizga juda mos tushadi.
Futbolni ko‘rishni boshlaganimdan buyon Messini tarixdagi eng yaxshi futbolchi deb bilaman”, - deydi Uilyams.
Ma’lumot uchun, “Atletik” safida faqatgina tomirida basklar qoni oqayotgan yoki Bask davlatida tug‘ilgan futbolchilar to‘p suradi.
Fikrlar