Messining hayoti fojeali tugashiga bir bahya qoldi (foto)

  • 21 dekabr, 2022, 19:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messi faoliyatidagi eng nufuzli sovrin – jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Biroq bu natija futbolchi uchun juda qimmatga tushishiga bir bahya qoldi.

Tecno

Jahon chempionatidan o‘z yurtiga qaytib borgan Argentina terma jamoasi katta tantana bilan kutib olindi. Qahramonlar avtobusda Buenoy-Ayres shahri bo‘ylab, g‘alaba yurishini amalga oshirdi.

7c3ce63a183835402a-55056444

Messi, Leandro Paredes, Rodrigo de Paul, Anxel di Mariya va Nikolas Otamendi parad vaqtida avtobusning tomiga chiqib oldi. Burilishlardan birida ular yuqori kuchlanishli elektr simiga tegib ketishiga  oz qoldi.

Otamendining hushyorligi fojeaning oldini oldi. U simga bir necha metr qolganida do‘stlarini ogohlantirdi. Hammalari birga boshlarini egib, to‘qnashuvdan qutilib qoldi. Faqat Paredesning kepkasi simga tegib, erga tushdi.

Bu holatni ko‘rganlarning yuragi bir hapqirib qo‘ydi. Hamma agar Otamendi simlarni ko‘rmay qolganda qanday fojea yuz berishi mumkinligini muhokama qilmoqda.

Ehtiyot bo‘l, Messi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!