
Messining super goli PSJga qiyin o‘yinda g‘alaba keltirdi
Frantsiya chempionatining 22-turidan o‘rin olgan PSJ va "Tuluza" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bellashuvda parijliklar 2:1 hisobida zafar quchdi.
20-daqiqada "Tuluza" futbolchisi Van den jarimadan gol urib hisobni ochdi. Keyinchalik Hakimi va Messi o‘z gollari bilan Parij klubiga muhim uch ochkoni keltirdi.
Fikrlar