Messining surati milliy valyutaga joylanadi (foto)

  • 22 dekabr, 2022, 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentinada terma jamoaning jahon chempioni bo‘lishiga katta hissa qo‘shgan Lionel Messining suratini milliy valyutaga joylash masalasi muhokama qilinmoqda, deb xabar tarqatdi El Financiero nashri.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, Argentina milliy banki rasmiylari Qatardagi jahon chempionatida qatnashgan terma jamoa g‘alabasini abadiylashtirish maqsadida Lionel Messining suratini milliy pul birligiga joylash masalasini o‘rganib chiqmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Messining surati 1000 pesodan joy oladi. Bu futbolchi 10-raqamda o‘ynashi bilan bog‘liq.

messi pul

Pulning orqa qismiga “La Scaloneta” yozuvi tushiriladi. Bu Argentina terma jamoasini jahon chempioniga aylantirgan bosh murabbiy Lionel Skalonining laqabi.

Argentina o‘z tarixida uchinchi marta mundial g‘olibi bo‘ldi. Lionel Messi ettita gol va uchta assist bilan turnirning eng yaxshi futbolchisi sovrinini ham qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!