Messining yaqinlari Pochettinoga ishonmayapti

  • 6 dekabr, 2021, 15:05
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Yulduzlar bilan to‘lib toshgan PSJda muammolar yuzaga kelmoqda.

"L'Équipe" nashrining xabar berishicha, Messining yaqinlari jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning taktikasiga shubha bilan qaramoqda. Argentinalik mutaxassis hamyurtining maydondagi vazifalarini aniq belgilab bermagan.

Shu bois, uni turli xil pozitsiyalarda sinab ko‘ryapti. Joriy mavsum parijliklar muvaffaqiyatli start ola olmagani va muntazam ochko yo‘qotayotgani uchun Pochettino tanqid yomg‘iri ostida qolib ketmoqda. 

34 yoshli futbolchi PSJ safida ichki chempionatning 9 uchrashuvida maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 gol va 3 assist yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!