Mesut O‘zil Londonda qolmoqchi

  • 16 yanvar, 2020, 15:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut O‘zil londonliklar tarkibini tark etmoqchi emas.

Tecno

Oldinroq, germaniyalik futbolchi Unai Emeri bilan munosabati sabab klubni tark etishni rejalashtirgan edi, biroq Mikel Arteta jamoa ustozligiga kelganidan so‘ng futbolchi "to‘pchilar" tarkibida qolishga qaror qildi.

"Men shartnomamdan mamnunman. "Arsenal"da keyingi mavsumda ham qolish niyatidaman. Bo‘lib o‘tgan voqealar meni ruhlantirib yubordi. Ammo kelajakda nima bo‘lishini aniq ayta olmayman", - deydi futbolchi.

Xavbekning "kanonirlar" bilan shartnomasi 2021-yil yozigacha amal qiladi. Agar tomonlar yangi kelishuv imzolashmasa, unda futbolchi keyingi mavsum yakunlanganidan so‘ng klubni erkin agent sifatida tark etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!