
"Metallurg" evropalik murabbiyi bilan shartnomani uzaytirdi
"Metallurg" futbol klubi shu yilning bahor faslidan e’tiboran jamoani boshqarib kelayotgan chernogoriyalik murabbiy Vesko Steshevich bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Bolqonbo‘yilik mutaxassis Bekobodda ish boshlaganidan keyin jamoadagi ichki muhit ijobiy tomonga o‘zgardi. Futbolchilarning o‘yinga munosabati ishchan tus oldi. Ularning o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchi ortdi. Jamoa uy o‘yinlarida ham, safar uchrashuvlarida ham har qanday raqibga qarshi g‘alaba ishtiyoqida to‘p surib, muxlislar e’tiborini qozondi.
"Metallurg" PFK rahbariyati bularning barchasini inobatga olgan holda Vesko Steshevich bilan shartnoma muddatini 2026 yilga qadar uzaytirishga qaror qildi.
Fikrlar