"Metallurg" bosh murabbiyi: "Andijon"ning o‘yinidan ko‘nglim to‘lmadi

  • 21 iyun, 2020, 22:53
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

«Katta tanaffusdan so‘ng yaxshi qaytishni amalga oshira oldik. Ikkala jamoa ham ajoyib o‘ynadi. Biroq ba’zi vaziyatlarda biz omadliroq chiqdik va aynan mana shu o‘yin taqdirini hal qildi. O‘yindan avval maydonda mashg‘ulot o‘tkazib olganimiz foyda berdi. Stadion maysasi juda o‘sib ketgan va shu sababdan to‘p hattoki 10 metrga borishi ham qiyin.

Tecno

Birinchi taymda o‘zimiz xohlagan o‘yinni namoyish etdik. Ikkinchi bo‘limda esa, asosan, natijani saqlab qolishga harakat qildik. «Lokomotiv» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng muxlislarimiz bizdan yana kuchli o‘yin kutishlari tabiiy va biz ishonchni oqladik, deb o‘ylayman.

3 yildan buyon ushbu klubda faoliyat olib boraman. Buy il jamoamizda yaxshi futbolchilar jam bo‘lishgan. 3 yil avvalgi yosh yigitlar bugun tajribali futbolchiga aylangan.

Biz andijonliklarning «Buxoro» va «Mash’al»ga qarshi kechgan uchrashuvlarini ko‘rib chiqdik. Ammo bugungi o‘yin haqida «Andijon» murabbiyining o‘zi izoh bergani ma’qul.

Andijon menga begona shahar emas. Jamoa men uchun doim qiziq bo‘lib kelgan. Kichik simpatiyam nuqtayi nazaridan aytadigan bo‘lsam, bugungi o‘yinda andijonliklarning harakatidan qoniqmadim», - deydi Shipilov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Расулжон Тоштемиров
21/06/2020 23:35
Андижон пазор ойлик олишмаган ЁКИ тренер екмади еки хаммаси панос булиб колган футболчилар зерикарли