
"Metallurg" bosh murabbiyi: Chempionatni shu oyda yakunlasak, yaxshi bo‘lar edi
Coca Cola Superliga 22-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Metallurg" (0:0) uchrashuvidan so‘ng, mehmonlar ustozi Andrey Shipilov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bugun bizni og‘ir o‘yin kutib turganini bilardik. Shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rdik. "So‘g‘diyona" doimo bizni mag‘lub etishni istaydi, biz ham xuddi shunday maqsadda maydonga chiqamiz. Qo‘shnilar o‘rtasidagi kichik derbi, desak ham bo‘ladi.
Bugun ikkala tomon ham bor imkoniyatlarini ishga sola bilmadi, og‘ir uchrashuvda ochko ishladik. Endi milliy terma jamoa yig‘ini boshlanadi. Shu munosabat bilan yuzaga keladigan tanaffusda jismoniy holatni saqlab qolish uchun jiddiy ishlashimiz lozim. Turli sabablar bilan chempionatimiz cho‘zilib ketdi. Noyabr oyidayoq chempionatni tugatsak bo‘lardi, jarohatlarni davolash, keyingi – yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rsak ham bo‘lardi. Biroq bu bizning qaror emas, yuqori tashkilotlarimiz hal etadi.
Bugungi uchrashuvdagi natija o‘yinga mos va mutlaqo adolatli bo‘ldi", - dedi Andrey Shipilov.
Fikrlar