
"Metallurg" bugun Tojikiston chempioniga qarshi o‘ynaydi, tarkibda ayrim o‘zgarishlar bor
Bekobodning “Metallurg” klubi ham reja asosida yozgi yig‘inini olib bormoqda. Tarkibda esa ayrim o‘zgarishlar yo‘q emas.
Yaqinda “Turon” klubini tark etgan yarim himoyachi Abdurahmon Abdulxakov yana bekobodliklar safiga qaytgan. Ushbu o‘yinchi ilgari ham “Metallurg” sharafini himoya qilgan.
Bundan tashqari, kuni kecha “Paxtakor” bilan shartnomasini 2022 yilgacha uzaytirgan va birinchi davrani ijara asosida “Neftchi”da o‘tkazgan yarim himoyachi Ruslan Roziev ham “Metallurg” tarkibiga qo‘shildi.
Shu bilan birga bekobodliklarning asosiy futbolchilaridan biri yarim himoyachi Doniyor Narzullaev ayni paytda jamoa bilan birga emas. U sobiq klubi “Nasaf”ga qaytishi kutilmoqda.
Bugun “Metallurg” klubi Tojikistonning amaldagi chempioni “Istiqlol”ga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazadi.
Fikrlar