"Metallurg" ikki futbolchi bilan tarkibni kuchaytirdi
O‘zbekiston Superligasi jamoalari 12-turdan so‘ng yozgi ta’tilga chiqdi. 5 iyundan e’tiboran esa, O‘zbekiston professional futbol ligasi yozgi transfer oynasini ochdi. Mazkur jarayon shu oyning so‘nggi kunigacha davom etadi. “Metallurg” yozgi transfer oynasining birinchi kuniyoq yangi o‘yinchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, bekobodliklar Ibrohim Ibragimov hamda Bobur Davlatov bilan shartnoma imzoladi.
Shuningdek, ikki nafar futbolchi ijaradan ortga qaytadi. Birinchi davrani “Andijon”da o‘tkazgan Muhammad Isaev va “Neftchi”da faoliyat yuritgan Xudoyshukur Sattorov ham qadrdon jamoasiga qaytmoqda.
Fikrlar