"Metallurg" ikki futbolchisi bilan shartnomani bekor qildi

  • 14.12.2024 07:43
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Oxirgi pley-offdagi g‘alabasidan keyin arang Superligada qolishni uddalagan “Metallurg”da o‘zgarishlar boshlandi.

Yaqinda klub rahbariyatida o‘zgarish yuz berganligi haqida ma’lum qilgandik. Endilikda tarkib masalasida ham shunday holat kuzatilmoqda.

O‘zPFLning ma’lum qilishicha, “Metallurg” klubi darvozabon Rahim Davronov va yarim himoyachi Iskandar Shoyqulov bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilganligi haqida rasmiy xabar berildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!