"Metallurg" "Paxtakor"ning sobiq hujumchisi bilan shartnoma imzoladi

  • 16.02.2026 19:29
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Yangi mavsumga puxta reja asosida tayyorgarlikni davom ettirayotgan "Metallurg" tarkibni shakllantirish ishlarini ham unutmayapti.

Jumladan, hujum chizigʻiga tajribali futbolchi Jasur Hakimov taklif etildi. Oʻzbek futboli muxlislariga yaxshi tanish boʻlgan forvard Bekobodga qaytdi va yangi mavsumda "Metallurg" sharafini himoya qiladi.

Maʼlumot uchun, Hakimov 2016-yil aynan "Metallurg" safidagi yorqin oʻyinlari bilan Toshkentning "Paxtakor" jamoasi eʼtiborini oʻziga qaratgan va poytaxt jamoasiga transfer qilingan edi. 

Oʻtgan mavsum "Shoʻrtan" futbol klubi safida Superliga, PRO-Liga va Oʻzbekiston kubogi doirasida futbolchi 20 ta bahsda maydonga tushdi va 3 ta gol urib, 1 bor sheriklariga golli uzatma yetkazib berdi.

Mashhur "Transfermarkt" portali futbolchining aktual transfer narxini 75 ming evroga baholamoqda.

"Paxtakor" futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Jasur Hakimov faoliyati davomida "sherlar" va "Metallurg" klubidan tashqari "Soʻgdiyna", "Qoʻqon-1912", OKMK, "Buxoro", "Turon", "Bunyodkor", "Lokomotiv" hamda "Shoʻrtan" jamoalari sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!