
"Metallurg" "Turon" posbonini o‘z safiga qo‘shib oldi va 5 nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi
"Metallurg" klubi o‘tgan mavsum "Turon" darvozasini qo‘riqlagan Rahimjon Davronovni o‘z safiga qo‘shib oldi. 27 yoshli posbon bekobodliklar bilan ikki yillik bitimga imzo chekdi.
Shuningdek, "ma’danchilar" Akmal Ortiqov va Zabihillo O‘rinboev bilan bir, Iskandar Shayqulov bilan ikki, Ruslan Mongold va Ali Rixsiboev bilan esa uch yilga shartnomani uzaytirdi.
Fikrlar