
“Metallurg-W” ayollar jamoasi 3 karra O‘zbekiston Kubogi sohibiga aylandi
Bugun, 18 noyabr kuni ayollar o‘rtasida XVI O‘zbekiston Kubogi final bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Hal qiluvchi bahsda Bekobodning “Metallurg-W” va Toshkentning “Bunyodkor-W” jamoalari o‘zaro kurash olib bordi.
Qiziqarli va murosasiz kechgan o‘yinda “Metallurg-W” vakilalari o‘z raqibini 3:1 hisobida irodali tarzda taslim qilishga muvaffaq bo‘ldi va o‘z tarixida uchinchi bor mamlakat Kubogi sohibiga aylandi.
Bundan avval bekobodliklar 2014 va 2015 yillarda O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritishgan edi. Ayollar o‘rtasida O‘zbekiston Kubogini eng ko‘p – 9 marta “Sevinch” jamoasi qo‘lga kiritgan. “Andijanka” vakilalari esa to‘rt marta mamlakat Kubogini boshi uzra ko‘targan.
XVI O‘zbekiston Kubogi
18 noyabr, shanba
Toshkent, “JAR” stadioni
“Bunyodkor-W” (Toshkent) – “Metallurg-W” (Bekobod) 1:3
Gollar: Nargiza Abdurasulova (6) – Mahliyo Sarikova (12, 74), Diyora Habibullaeva (84)
Ogohlantirishlar: Saida Galimova (25) – Mahliyo Sarikova (35), Iroda Turdalieva (71)
“Bunyodkor-W”: Olga Kaxarova, Nargiza Abdurasulova, Mariya Moiseeva (Darina Fedosenko, 69), Saida Galimova, Ekaterina Selnikova, Lidiya Tsema, Umida Zoirova, E’zoza Sharipova (Tojiniso Rashidova, 85), Dilnoza Bektemirova, Soliha Husniddinova, Luiza Sadirova.
“Bunyodkor-W”: Gulandon Boymatova, Zumradjon Nazarova, Nasiba Xojieva, Irodaxon Turdalieva (Yulduz Nabieva, 62), Maxfuza Turopova (Ziyoda Irisboeva, 90), Mahliyo Sarikova, Feruza Turdibaeva (Jamolova Nigina, 90), Xolida Dadaboeva, Mavluda Munavvarova, Diyora Habibullaeva (Lutfiniso Hamidova, 88), Lyudmila Karachik (Diyora Erkinova, 90).
Fikrlar