MGM Grand arenada Uaylder revansh jangini o‘tkazdi va boshqa janglar ham bo‘lib o‘tdi

  • 24 noyabr, 2019, 15:53
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Toshkent vaqti bilan 23 noyabrdan 24 noyabrga o‘tar kechasi AQShning Las-Vegas shahridagi MGM Grand arenasida boks bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning markaziy jangida og‘ir vazn toifasidagi WBC chempioni Deontey Uaylder (42-0-1, 42 KO) revansh jangida Luis Ortis (31-2, 26 KO) ni mag‘lub etdi. Chempion Ortisni ettinchi raundda nokautga uchratdi.

Qolgan natijalar:

Leo Santa Krus (37-1-1, 19 KO) va Migel Flores (24-3, 12 KO) qarama-qarshiligida xakamlar bir ovozdan Krusning g‘alabasiga qaror chiqarishdi.

Birinchi yarimengil vaznda WBA chempioni Brendon Figeroa (20-0-1, 15 KO) Xulio Sexa (32-4-1, 28 KO) ga qarshi ringga ko‘tarildi. Jang 12 raund bo‘lib o‘tdi va durang bilan yakuniga etdi (115-113, 112-116 va 114-114).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!