
Mikael Sekeyra: Ushbu g‘alaba navbatdagilari uchun kuch beradi
Superliga 7-turida "Mash’al"ga qarshi o‘yindagi g‘alabadan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Mikael Sekeyra o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- Bugun futbolchilar yaxshi o‘yin namoyish qilib berishdi. Ular ko‘rsatmalarni a’lo darajada bajarishdi. Aytishim mumkinki, o‘yin bizning rejamiz ostida o‘tdi.
"Mash’al" jamoasini hurmat qilamiz, tarkibida juda yaxshi futbolchilar bor. Shuni inobatga olgan holda uchrashuvga kuchli tayyorgarlik ko‘rdik.
"Lokomotiv" jamoasini tabriklayman. 3 ochko olganimizdan xursandman. Safarda g‘alabaga erishish oson emas. Ushbu muvaffaqiyat navbatdagilari uchun kuch beradi. Shu yo‘lda davom etamiz, - dedi Mikael Sekeyra.
Fikrlar