Mikael Sekeyra: Yon hakam bayrog‘ini zarba berilgandan keyin ko‘tarishi lozim

  • 7 avgust, 2021, 23:09
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 14-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - AGMK uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. Unda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida "temiryo‘lchilar" ustozi Mikael Sekeyra ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

Tecno

"Juda chiroyli o‘yin bo‘ldi. Jamoamiz yana bir yaxshi o‘yinni o‘tkazdi. Hisobda oldinda bora turib g‘alabani ushlab qola olmadik. Taktik tomondan ham yaxshi harakat qildik.

Aziz Amonov qaysi pozitsiyada o‘ynashiga qaramay, yaxshi futbol namoyish etadi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, hakam bayroqchasini ko‘targan paytda futbolchilar harakat qilishdan to‘xtadi. Ular professional! Agar bayroq ko‘tarilmaganda, ular oxirigacha o‘ynardi. Bizning yagona xatoyimiz o‘sha erda bo‘ldi.

Biz har bir raqibga qarshi individual yondashamiz va hozirgi taktikamiz boshqa klublar bilan uchrashuvlarda muammo tug‘dirmasligiga ishonaman.

Odatda, yon hakam bayroqchasini zarba berilgandan keyin ko‘tarishi lozim. Lekin shogirdlarimning aytishicha, bugun bunday bo‘lmadi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!