Mikel Arteta: "Bugun jamoam bilan faxrlanaman"

  • 23.02.2026 00:42
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta APL 27-turida "Tottenxem Xotspur"ga qarshi qo‘lga kiritilgan yirik g‘alaba (4:1) haqida fikr bildirdi.

"Juda xursandman, jamoam bilan faxrlanaman. O‘yinga qanday tayyorgarlik ko‘rganimiz, qanday tashabbus va sifat bilan bu yerga kelib, aynan shu tarzda g‘alaba qozonganimiz – bularning barchasi quvonarli. Futbolning go‘zalligi ham shunda.

"Vulverxempton"ga qarshi o‘yinni eslasak, o‘shanda qanday qilib durangni saqlab qolgan edik? Men har kuni ular bilanman va ularning qanchalik katta ishtiyoq bilan harakat qilishini yaxshi bilaman", – dedi Arteta.

Viktor D’yo’kereshning dubli haqida

"Bugun u ajoyib o‘ynadi. Buni har hafta ko‘rib kelayotgandik, ammo bugun mening nazarimda u shunchaki beqiyos edi", – dedi murabbiy Viktor D’yo’keresh haqida.

Eberechi Ezening dubli haqida

"Unda o‘ziga ishonch bor va men undan juda mamnunman. U biz talab qilayotgan jihatlarga moslashish va jamoaga singib ketish uchun qattiq mehnat qilmoqda. Bu Premyer-liga, bu yerda hammasi faqat oxirida hal bo‘ladi, shubhasiz. Oldinda yana o‘nta o‘yin bor – bu hali juda uzoq yo‘l", – dedi Arteta Eberechi Eze haqida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!