Milan Slovakiyada yil futbolchisi deb topildi

  • 23.03.2020 19:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Inter" klubi himoyachisi Milan Shkrinyar Slovakiyada 2019 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Murabbiylar va jurnalistlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra 25 yoshli futbolchi eng ko‘p ovoz to‘plagan.

Kuchli uchlikdan esa "Nyukasl" darvozaboni Martin Dubravka hamda "Dalyan Ifan" yarim himoyachisi Marek Gamshiklar joy olishdi.

Yilning eng yaxshi murabbiyi esa “Slovan” klubi ustozi Yan Kozak bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!