"Milan" 21 ta bahsdan beri mag‘lub bo‘lmayapti
"Milan" Evropa ligasi doirasida "Seltik" (3:1) klubi ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi.
"Rossonerilar" so‘nggi 21 ta uchrashuvning birortasida mag‘lub bo‘lmadi - 16 ta g‘alaba, 5 ta durang.
Stefano Pioli shogirdlarining mag‘lubiyatsiz seriyasi pandemiyadan keyingi restartdan so‘ng, amalga oshdi.
"Milan" so‘nggi marta shu yilning mart oyida A Seriya doirasida "Jenoa" (1:2) klubiga yutqazib qo‘ygandi.
Jamoa navbatdagi bellashuvini 26 oktyabr kuni o‘z uyida "Roma"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar