"Milan" 40 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
“Milan” Luka Modrich bilan amaldagi shartnomani uzaytirishni maqsad qilgan. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar berdi.
Klub xorvatiyalik 40 yoshli yarim himoyachining o‘yini va maydondagi fidoyiligidan mamnun. Shu sabab jamoa rahbariyati unga yangilangan shartnoma taklif qilishga qaror qilgan.
Ayni paytda Modrichning “rossonerilar” bilan tuzgan bitimi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, Luka uzoq yillar davomida “Real Madrid” sharafini himoya qilgan, undan avval esa Londonning “Tottenhem” jamoasida to‘p surgan.''
Fikrlar