
"Milan" Angliya klubi hujumchisini qo‘lga kiritmoqchi
"Milan" "Uotford" hujumchisi Jerar Deulofeu xizmatlariga qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda Sky Sports nashri.
Manbaga ko‘ra, "rossonerilar" 26 yoshli ispaniyalik futbolchining agenti bilan transfer masalalari bo‘yicha aloqaga chiqib ulgurgan. Futbolchining o‘zi ham "Uotford" elitani tark etganidan so‘ng o‘zini boshqa klublarda sinab ko‘rishga qarshi emas.
Joriy mavsumda forvard "Uotford" safida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Fikrlar