
"Milan" AQShlik iqtidor egasini o‘z safiga qo‘shib oldi
"Milan" AQSh terma jamoasi va "Valensiya" xavbeki Yunus Musani o‘z safiga qo‘shib olishi kutilyapti.
Jurnalist Daniele Longo bergan xabarga ko‘ra, "rossonerilar" u bilan 4 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Musaning maoshi yiliga 2 million evroni tashkil etadi.
Bundan tashqari, Italiya klubi u uchun "ko‘rshapalaklar"ga bonusi bilan 20 million evro to‘lab beradi.
Fikrlar