"Milan" baland dorga osilmoqda
Kelasmi mavsum chempionlik uchun kurashishni maqsad qilgan "Milan" tarkibida jiddiy o‘zgarishlar qiladi. Milanliklar yozgi transfer bozorida faol ishlashi tobora oydinlashib bormoda.
"Milan" rahbariyati "Volfsburg"da o‘ynayotgan braziliyalik Luis Gustavo uchun 10 million evro taklif qilmoqda. Bu yarim himoyachiga "Inter" va "Yuventus" ham og‘iz solmoqda.

Shu o‘rinda, "Milan" rahbariyati Luis Gustavoning maoshini to‘lashga qiynalishi mumkin. Chunki braziliyalik futbolchi yiliga 10 million evro oladi. "Milan"ning hozirgi kunda eng katta maosh oladigan hujumchisi Karlos Bakkaga esa yiliga 4 million evro to‘lanadi.

Fikrlar