"Milan" bosh murabbiy lavozimiga 3 nafar mutaxassis nomzodini ko‘rib chiqmoqda

  • 30 sentabr, 2019, 16:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Milan" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Marko Jampaolo o‘rniga munosib nomzod qidirishni boshlab yubordi.

Calciomercato nashrining xabar berishicha “rossonerilar”ning bu boradagi short-listida ayni damda ishsiz yurgan italiyalik mashhur mutaxassislar - Massimiliano Allegri, Luchano Spalletti va Klaudio Raneri nomzodlari bor.

Ular orasida rahbariyati Allegri nomzodini ilgari surmoqda. Biroq, 52 yoshli mutaxassis juda katta maosh so‘ramoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Milan” rahbariyati bosh murabbiy lavozimiga jamoaning ukrainalik sobiq hujumchisi Andrey Shevchenkoni taklif qilishni rejalashtirayotgani haqida ham xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, hisobida bor yo‘g‘i 6 ochko bo‘lgan “Milan” ayni damda musobaqa jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!