"Milan" bosh murabbiyi: Ibragimovich - qafasdagi sher

  • 08.02.2022 19:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli jamoa hujumchilari Zlatan Ibragimovich va Olive Jiru haqida gapirdi.

“Zlatan qafasdagi sher, unda jamoaga maydonda yordam berish uchun motivatsiya va intilish bor. U tez orada maydonga qaytishiga umid qilmoqda. Ertaga u Italiya kubogi doirasida "Latsio"ga qarshi o‘ynay olmaydi.

Olive maydonda o‘zini ko‘rsata oladi va o‘zidan so‘ralgan ishni bajaradi. U ajoyib futbolchi va ajoyib inson. U jamoaga hal qiluvchi yordam beradigan kuchli futbolchi”, - deydi Pioli.

Eslatib o‘tamiz, “Milan” – “Latsio” uchrashuvi 9 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!