
"Milan" Chalxanoglu o‘rniga zo‘r futbolchi topdi
“Sevilya” yarim himoyachisi Alexandro Gomes “Milan”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “rossonerilar” 33 yoshli argentinalik futbolchini shu yozda shartnomasi yakunlanadigan turkiyalik yarim himoyachi Xakan Chalxanoglu o‘rniga munosib nomzod sifatida qaramoqda.
Ayshtish lozimki, Gomes uchun Italiya A Seriyasi begona emas. Boisi u “Sevilya”ga qadar “Atalanta” safida to‘p surgan. Biroq bosh murabbiy Jan Pero Gasperini bilan yuzaga kelgan mojaro sabab klubni tark etishga majbur bo‘lgan.
Alexandro bu mavsum La Ligada 18 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu bahslarda 3 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar