"Milan" frantsiyalik yarim himoyachi bilan kelishuvga erishdi
"Milan" yarim himoyachi Adrien Rabo transferi bo‘yicha "Marsel" bilan kelishuvga erishdi, deb xabar berdi insayder Fabritsio Romano.
Ma’lumotlarga ko‘ra, italiyaliklar frantsuz futbolchisini 10 million evro evaziga sotib oladi. Rabo "Milan" bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi. Uning tibbiy ko‘rigi dushanba kuniga belgilangan.
"Marsel" xavbekni Liga 1ning "Renn"ga qarshi uchrashuvidan (0:1) keyin sodir bo‘lgan janjal sabab transferga qo‘ygan edi.
O‘tgan mavsumda Rabo Liga 1da 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 4 ta golli uzatma qayd etgan.
Fikrlar