
"Milan" futbolchisi "Barselona" bilan kelisha olmadi
"Milan" futbolchisi Frank Kesse yozda jamoasini o‘zgartirmoqchi. U mavsum yakunida erkin agent sifatida boshqa klub safiga borib qo‘shilishni rejalashtirgan.
Qayd etilishicha, futbolchining agenti "Barselona" vakillari bilan muzokara o‘tkazgan. Biroq 25 yoshli yarim himoyachining yuqori maoshi ispanlarga ma’qul kelmagan.
Avvalroq Kessening xizmatlariga "Inter" va "Yuventus" kabi Italiya grandlari qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot o‘rnida, Frank joriy mavsum A Seriyaning 17 uchrashuvida 5 golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar