"Milan" futbolchisi "Fiorentina"ni mensimadi

  • 02.06.2020 09:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Fiorentina" klubi "Milan"ning braziliyalik himoyachisi Lukas Paketani o‘z safida ko‘rishni xohlamoqda.

Tuttomercatoweb nashrining yozishicha, 22 yoshli futbolchi "Milan"ni tark etishga tayyor, faqatgina grand klublardan taklif bo‘lsa. Shu bois u “binafsharanglilar”ning taklifini rad etdi.

Paketa joriy mavsum “rossonerilar” safida 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golga assistentlik qildi. Uning “Milan” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!