"Milan" hujumchisi uchun 3 ta grand klub kurashadi

  • 27 may, 16:17
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" hujumchisi Rafael Leau yozgi transferlar oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin.

"TEAMtalk" nashrining xabar berishicha, 25 yoshli portugaliyalik qanot hujumchining xizmatlariga Angliyaning "Chelsi" va "Manchester Yunayted" hamda Germaniyaning "Bavariya" klublari qiziqish bildirmoqda. Ta’kidlanishicha, barcha klublarning Leau bo‘yicha jiddiy niyatlari mavjud.

Joriy mavsumda Leau barcha musobaqalarda 50 ta o‘yinda ishtirok etib, 12 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Futbolchining "Milan" klubi bilan tuzilgan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. "Transfermarkt" ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchining qiymati 75 million evroni tashkil etadi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!