
"Milan" muxlislari uchun o‘ta noxush xabar!
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich Evropa ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted"ga qarshi ikkala bahsni ham o‘tkazib yuboradi. Bu haqda Goal nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 39 yoshli shvetsiyalik futbolchi kecha "Roma"ga (2:1) qarshi o‘yinda mushaklaridan jarohat olgan va u MYuga qarshi o‘yingacha ushbu jarohatlardan tiklana olmaydi.
"Milan" va "Manchester Yunayted" jamoalari bahsi 11 va 18 mart kunlari o‘tkaziladi. Ibragimovich bundan tashqari A Seriya doirasidan o‘rin olgan "Udineze", "Verona" va "Napoli"ga qarshi bellashuvlarda ham jamoasiga yordam berolmaydi.
Zlatan joriy mavsum “Milan” safida jami 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 16 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar