"Milan" nega Spalletti nomzodidan voz kechmoqchi?

  • 08.10.2019 10:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Milan" tez orada bosh murabbiy lavozimiga kelishi kutilayotgan Luchano Spalletti nomzodidan voz kechadi.

GianlucaDiMarzio.com sayti tarqatgan xabarga qaraganda "rossonerilar" Spallettining "Inter" bilan shartnomasini bekor qilish bo‘yicha yaqin orada murosaga kelishiga ishonishmayapti. Shu bois ular bu lavozimga Stefano Pioli nomzodini ko‘rib chiqishmoqchi.

Aytish kerakki, Piolining o‘zi ham "Milan"da ishlashga qiziqmoqda. Unga esa shuningdek "Jenoa" va "Sampdoriya" klublaridan ham takliflar bor.

Eslatib o‘tamiz, "Milan" rahbariyati qayd etilayotgan salbiy natijalardan keyin bosh murabbiy Marko Jampaoloni iste’foga chiqarish haqida o‘ylay boshlagan. Milanliklar ayni damda A Seriyaning o‘tgan 7 ta turidan so‘ng 13-pog‘onada borishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!