"Milan" nigeriyalik to‘purarni sotib olmoqchi, ammo...

  • 12.07.2020 22:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Milan" klubi "Lill" hujumchisi Viktor Osimxenni o‘z safida ko‘rmoqchi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “rossonerilar” 21 yoshli nigeriyalik futbolchini joriy yozgi transferlar davridayoq o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Ammo, uning narxi qimmatlik qilishi mumkin. Boisi, frantsuz klubi uni 80 mln evroga baholamoqda. Shu bois “Milan” unga muqobil bir qancha futbolchilarni ham ko‘z ostiga olib qo‘ygan.

Osimxen uchun “Inter” va “Napoli” ham kurash olib bormoqda. U joriy mavsum “Lill” safida 38 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 18 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!