
"Milan" o‘ziga Portugaliyadan zo‘r futbolchi topdi
"Benfika" klubi yarim himoyachisi Florentinu "Milan"ning qiziqishlariga sabab bo‘la boshladi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, lissabonliklar 21 yoshli portugaliyalik futbolchini qo‘yib yubormoqchi emas va shu bois unga 30 mln evro narx belgilab qo‘yishgan. Ushbu futbolchiga “Fulxem”dan ham qiziqishlar mavjud.
Florentinuning “Benfika” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan. Transfermarkt saytida esa uning narxi 18 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar