
"Milan" PSJ futbolchisini tekinga o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi
"Milan" klubi tez orada "Pari Sen-Jermen" himoyachisi Nyanzu Kuassi bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda Le 10 Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “rossonerilar” 17 yoshli futbolchi bilan deyarli kelishuvga erishishgan. Ta’kidlash kerakki, uning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi va shu bois Kuassi “Milan”ga tekinga tushishi mumkin.
Kuassi PSJ tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum parijliklar safida 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol va 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar